Jismoniy harakat har qanday yoshda miyaning sog‘lom va ziyrak faoliyatini ta’minlashi haqida avval ham xabar bergan edik.

Fin olimlari miya uchun eng foydali mashqni aniqlashdi

Fin olimlari miya uchun eng foydali mashqni aniqlashdi

Jismoniy harakat har qanday yoshda miyaning sog‘lom va ziyrak faoliyatini ta’minlashi haqida avval ham xabar bergan edik.  Ilmning isbotlashicha, tananing faol harakati miyada markaziy asab tizimi faoliyatini yaxshilaydigan va asab to‘qimalari salomatligini ta’minlaydigan neyrotrop moddalarni ishlab chiqilishiga sabab bo‘ladi.

Finlandiyaning Jyvaskyla universiteti olimlari va sport mutaxassislari tomonidan aynan qanday sport mashg‘ulotlari miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan tadqiqot o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha yugurish, tosh ko‘tarish, yuqori intensivli aerobik mashqlar insonning asab tizimini mustahkamlab, qon aylanishini yaxshilar va miyaning ishlash samaradorligini oshirar ekan.

Tadqiqotchilar tajribani kalamushlarda sinovdan o‘tkazishgan. Boisi ilmiy jihatdan kalamushning miya tuzilishi insonnikiga o‘xshab ketishi ko‘p jihatdan isbotini topgan.

Uch guruhga bo‘lingan kalamushlarning bir qismi maxsus g‘ildiraklar yordamida qafas bo‘ylab yugurishga majbur qilingan. Boshqa guruh esa dumlariga bog‘langan yuk bilan devorlarga chiqishga uringan. Uchinchi guruh kalamushlar esa qisqa masofaga yuqori tezlikda yuugurishga majburlangan.

Bir hafta mobaynida ushbu mashqlar bilan shug‘ullanishgan kalamushlarda olib borilgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, sport turidan kelib chiqib, ularning miyalaridagi o‘rganish va xotira hududida yangi miya to‘qimalari paydo bo‘lgan.

Ayniqsa, g‘ildirak yordamida uzoq masofaga yugurtirilgan kalamushlarda asab tolasi va miya to‘qimalarining yuqori darajada rivojlanishi kuzatilgan. Tadqiqotchilar uzoq masofaga yugurib turish miya uchun eng foydali mashq, degan xulosaga kelishgan. Shu sababli, sizga ham tez-tez uzoq masofaga yugurib turish va muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishni maslahat beramiz.

Нравится
Не нравится
11:08
RSS
Нет комментариев. Ваш будет первым!
Загрузка...